
Gol urolmayotgan autsayder “Chelsi”ning ikki hujumchisini yordamga chaqirdi
Angliya Premer-ligasining nomdor klublaridan biri “Everton” uchun yangi mavsum muvaffaqiyatsiz boshlandi.
Shon Daych shogirdlari dastlabki ikki uchrashuvda o‘z darvozasidan ettita to‘p olib chiqdi va hali birorta gol urgani yo‘q.
Jamoaning eng kuchli forvardi Dominik Kalvert-Lyuinn boshqa klubga ketishni reja qilgan. Shu bois, liverpulliklar hujum chizig‘iga yangi o‘yinchilarni olib kelishga majbur.
Manbalarning yozishicha, “Everton” mutasaddilari “Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolgan ikki forvard David Datro Fofana hamda Armando Broyyaga jiddiy qiziqish bildiryapti.
O‘z navbatida “aristokratlar” har ikki legionerni jamoani tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan va ular bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Fikrlar