
Gol ura olmayotgan Ronaldu: Bu oxirgisi
Germaniyada davom etayotgan Evropa chempionatida Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga eng ko‘p zarba bergan futbolchiga aylangan bo‘lsa-da, hali biror marotaba gol ura olgani yo‘q.
Shunga qaramay, 39 yoshli yulduz terma jamoasi uchun bor kuchi bilan kurashni davom ettirishini ta’kidlamoqda.
- Bu men uchun oxirgi Evro. Lekin bundan xavotir olayotganim yo‘q. Hozir muxlislarimizga rahim kelyapti. Men terma jamoa libosi uchun borimni berib o‘ynashga tayyorman. Umrimni oxirigacha shunday bo‘lib qoladi. Mas’uliyatni o‘z bo‘yimga olishim kerak, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Bu galgi Evropa chempionatida ayrim ekspertlari yoshi o‘tib qolgan Ronaldu jamoa o‘yinini orqaga tortayotganini aytib, uni tanqid qilmoqda. Ayniqsa, Krishtianu Sloveniya bilan o‘yinda penaltidan gol ura olmaganidan keyin tanqidlar yanada kuchaydi.
Fikrlar