
Gol Shomurodovning kelajagiga qanday ta’sir qiladi? Eldor faoliyatini qaysi jamoada davom ettiradi?
A Seriyaning ikkinchi turida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun kutilmagan vaziyat sodir bo‘ldi.
“Roma” o‘z maydonida “Empoli”dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan pallada rimliklar bosh murabbiyi Daniele De Rossi maydonga Eldor Shomurodovni tushirdi.
Zaxira o‘rindig‘ida angliyalik qimmatbaho hujumchi Temmi Abraxam, rimlik muxlislar yoqimtoyi Stefan El-Shaaravi, portugaliyalik yosh iqtidor egasi Joau Koshta o‘tirganida bosh murabbiy klub xayrlashishga qaror qilgan o‘zbek futbolchisini nega o‘yinga qo‘shgani ko‘pchilik uchun mavhum bo‘lib qoldi.
Eldor o‘ziga berilgan kichik imkoniyatdan maksimal foyda chiqardi. Supergol urib hisobdagi farqni qisqarti, o‘yin oxirida penalti ishladi. Biroq uchrashuv hakami penalti belgilamadi. Bu holat ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
“Empoli”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda “Roma”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Eldor Shomurodovning kelajagi nima bo‘ladi? “Manga mana shunaqa o‘yinchilar kerak”, degan Daniele De Rossi o‘zbek hujumchisini olib qoladimi?
Italiya futbolini yoritayotgan nashrlar, tahlil qilayotgan ekspertlar tur qahramonlaridan bo‘lgan Shomurodovning kelajagini muhokama qilib, yuqoridagi savollarga javob izlamoqda.
Nufuzli nashrlardan biri romanews.eu portali eksperti Jakomo Emanuele Di Julio gol Shomurodovning kelajagini o‘zgartiradi, degan fikrni ilgari surmoqda va o‘z qarashlarini quyidagi izohlab berdi.
- “Empoli”ga qarshi o‘tgan bahsda eng foydali o‘yinchi Eldor Shomurodov bo‘ldi. Ikki yilga yaqin muddat o‘tganidan keyin “Roma” safida maydonga tushgan hujumchi gol urdi.
Shomurodov transferga qo‘yilgan edi. Endi vaziyat o‘zgaradi. Eldor o‘zi o‘ynagan 13 daqiqa ichida uchrashuv natijasini o‘zgartirish uchun borini berib harakat qildi.
Muxlislar Artyom Dovbik va Paulo Dibaladan gol kutayotgan pallada Eldor Shomurodov katta sahnaga chiqdi. Matias Sule o‘rniga maydonga tushganidan uch daqiqa o‘tib, o‘zbek legioneri jamoadoshi Tommazo Baldantsining pasni golga aylantirdi.
Bir necha hafta oldin “Atlanta Yunayted” olib ketishiga bir bahya qolgan Shomurodov uchrashuvda yana boshi bilan zarba berdi. Bu gal darvozabon Vaskes to‘pni qaytarib qoldi. 14-raqam egasi bosh murabbiy Daniele De Rossi ishonchini qozonish uchun bor ishtiyoqini berib harakat qildi, - deb yozmoqda Jakomo Emanuele Di Julio.
Eldor Shomurodovning kelajagi bo‘yicha boshqa variant ham. Aksariyat ekspertlar “Roma” mutasaddilari yozgi transferlar oynasi yopilishiga hali bir necha kun borligini inobatga olib, baribir uni sotib yuborishi yoki ijaraga jo‘natishini ta’kidlamoqda.
“Empoli” bilan bo‘lgan uchrashuvdagi faol o‘yin va ajoyib gol o‘zbek hujumchisining “Roma”da qolishini emas, balki unga yangi xaridorlar paydo bo‘lishiga xizmat qiladi, deb hisoblayotgan ekspertlar ham yo‘q emas.
29 yoshli hujumchimiz 2020 yilning oktyabridan beri A Seriyada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgacha “Jenoa”, “Spetsiya”, “Kalyari” va “Roma”da o‘ynagan Shomurodov Italiya yuqori divizionida 103 ta uchrashuvda qatnashib, gollari sonini 16 taga etkazib oldi va hisobida 9 ta assist ham bor.
Eldor Shomurodov faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi shu kunlarda hal bo‘lishi kerak. Chunki Italiyada transfer oynasi avgustning oxirgi kuni yakunlanadi.
Supergol urib, sensatsiya ko‘targan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Abduqodir Husanov endi Gretsiyada o‘ynaydi!
Fayzullaev raqibning boshini yordi, Nikolich Abbosni qattiq himoya qildi!
O‘yinni burib yuborgan Fayzullaev qanday baholandi?
Abbosbek baribir zo‘r-da! Fayzullaev tanqidlarga munosib javob qaytardi
Fayzullaev Evropaning grand klubiga o‘tishini istashyapti!
Roberto Manchini kashf qilgan legioner futbolchilarga O‘zbekistonda o‘ynashni tavsiya qilyapti!
Ayb Fayzullaevdami?
Fikrlar