
Gol bo‘lmasa qiyin ekan! (antirekord)
Futbolda rekordlar kabi eng yomon natija va ko‘rsatkichlar ham qayd etiladi. Joriy mavsum Angliya birinchi ligasida ana shunday antirekordlardan biri qayd etildi.
“Cheltnem Taun” Angliya futbol ligasida golsiz seriyasi eng uzoq etgan jamoaga aylandi. Bu klub o‘yinchilari ketma-ket 11 ta uchrashuvda raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan.
Nihoyat, 12-turga kelib, Rob Smit “Derbi Kaunti”ga qarshi kechgan uchrashuvning 39-daqiqasida jamoasining mavsumdagi ilk golini kiritdi.
Angliya futboli hali biror jamoaning golsiz seriyasi ming daqiqadan oshmagan edi.
Fikrlar