G‘ofurov yana legionerga aylandi. U sobiq klubiga qaytdi

  • 13 mart, 22:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 yoshli yarim himoyachi Asror G‘ofurov yana legionerga aylandi. Aniqrog‘i, sobiq jamoasiga qaytdi.

Tecno

Ma’lumki, salkam ikki yil davomida Bangladeshning “Bashundxara” jamoasida to‘p surgan. 2024 yilning iyul oyida esa “Qizilqum” klubiga ko‘chib o‘tdi. U erda G‘ofurov 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golga uzatma berdi.

Chempionat yakunlangach, G‘ofurov “Qizilqum” bilan xayrlashdi. Bugun esa Asror rasman sobiq klubiga qaytgani e’lon qilindi va bu haqida futbolchining o‘zi ham Sports.uzga ma’lum qildi.

Asror “Bashundxara” bilan 5 oylik shartnoma imzoladi. U erda chempionatning ikkinchi davrasida jamoasiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz ushbu klub bilan bungacha ikkita Kubokni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!