
Godinni Angliyaga chorlashmoqda
“Inter” himoyachisi Diego Godin faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Manchester Yunayted" klubi 34 yoshli urugvaylik futbolchi va “neradzurrilar” o‘rtasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Bundan avvalroq milanliklar Godinning faoliyatidan qoniqish xosil qilishmayotgani va shu bois uni sotmoqchi ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
Diego Godin joriy mavsum “Inter” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning transferi esa 10 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar