
Godin: Konte va Simeone juda o‘xshash
"Inter" himoyachisi Diego Godin Antonio Konte va Diego Simeonening o‘yin uslublaridagi bog‘liqliklar haqida gapirib o‘tdi.
"Hozirgi "Inter" menga 2013/2014 mavsumdagi La Liga unvonini qo‘lga kiritgan "Atletiko"ni eslatmoqda. Jamoadagi muhit, ruh, natija ko‘rsatish uchun intilish va muxlislarning ishtiyoqi yaqqol seziladi.
Konte va Simeone juda o‘xshash. Ularning ikkalasi ham futbol bilan yashashadi. O‘zining mustaxkam qarashlariga ega bo‘lgan murabbiy mavsumning xar qanday bosqichida ham futbolchi uchun muhim ro‘l o‘ynaydi", - deydi Godin.
Fikrlar