"Global Soccer Awards" sovrinining yakuniy nomzodlari ma’lum
Yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimiga ham oz fursat qolmoqda.
2025 yilning oxirida "Global Soccer Awards" taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Eng yaxshi futbolchi sovrini uchun da’vogarlarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi. Nufuzli sovrin uchun, PSJ futbolchilari, Usmon Dembele, Dezire Due, Ashraf Hakimi, Hvicha Kvaratsxeliya, Nuno Mendesh va Vitina, "Barselona" vakillari Robert Levandovski, Pedri, Rafina hamda Lamin Yamal, "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland, "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe, "Chelsi" a’zosi Koul Palmer, "Liverpul" etakchisi Muhammad Saloh kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda ushbu sovrinni "Real Madrid" vingeri Vinisius Junior qo‘lga kiritgan edi.



Fikrlar