
Gleyzerlardan biri MYu dagi aktsiyalarini sotmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi aktsiyadorlaridan biri hisoblangan Kevin Gleyzer o‘z aktsiyalarini sotish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kevin ayni damda o‘z aktsiyalarini B kategoriyadan A kategoriyaga aylantirishni boshlab yuborgan. Chunki, A ketegoriyadagi aktsiyalarni Nyu-York fond birjasida sotish huquqi paydo bo‘ladi.
Ta’kidlash kerakki, Kevinning umumiy aktsiyalari 365 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Malkom Gleyzer boshchiligidagi Gleyzerlar oilasi bundan 14 yil muqaddam MYu ni sotib olgan edi. 2014 yilda Malkom vafot etgach, jamoa aktsiyalari uning 6 ta farzandi o‘rtasida taqsimlangan.
Fikrlar