
Gimaraes: "Barsa" meni futbolga oshno qilgan
Braziliya terma jamoasi va "Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Brunu Gimaraes Chempionlar ligasining dastlabki turi oldidan "Barselona" futbolchilari haqida fikr bildirdi.
"Barselona" meni futbol olamiga kirishimga sababchi bo‘lgan. Aynan shu klub o‘yinlarini ko‘rib ulg‘aydim. Ular meni futbolga oshno qildi. Ronaldinoni yaxshi eslayman. Keyn esa Messi, Neymar, Suares, Inesta, xullas, ohiri yo‘qdek. Hozirgi kunda esa Lamin Yamal dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq biz Yamalga emas, balki, "Barselona"ga qarshi o‘ynaymiz. Bundan tashqari, ularda Pedri va Rafinya kabi yulduzlari bor. Bo‘lajak baxsni intizorlik bilan kutyapman", deydi - Bruno.
Ma’lumot uchun, "Nyukasl" va "Barselona" o‘rtasidagi bahs bugun tungi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar