
Giggz MYuning kamchiligini ochib berdi
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” haqida fikr bildirdi.
- MYuga zo‘r markaziy hujumchi kerak. U bir mavsumda kamida 25 ta gol ura olishi kerak. Pogba va Fernandesh tandem o‘zini ko‘rsata boshladi. Lekin jamoaga yana uch-to‘rtta ana shunday o‘yinchilar kerak, - dedi Giggz.
“Manchester Yunayted” rahbariyati joriy mavsum yakunida “Aston Villa”dan Jek Grilish va “Borusssiya”da Jeydon Sanchoni olmoqchi.
Fikrlar