Germaniyaning yashirin "quroli"

  • 24 iyun, 2024, 03:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya "Evro-2024"ning 3-turida Shveytsariyaga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlab Ndoye jamoasini oldinga olib chiqdi, lekin 90+2-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Fyullkrug nemislarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi golni urdi. Kamiga bu gol orqali Nagelsmann shogirdlari guruhdagi peshqadamlikni saqlab qola oldi. 

Tecno

Niklas Fyullkrug ushbu chempionatda eng kam o‘ynab, eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. U 3 ta bahsda ham asosiy tarkibga kira olmadi va so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirildi. Shuningdek, "Borussiya" straykeri ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Dastlabki goli esa shunchaki ajoyib edi. Ikkinchisi esa juda ham kerakli paytda urildi. 

Rasm

Bilamizki, nemislar uchun so‘nggi yirik turnirlar ko‘ngildagidek o‘tayotgani yo‘q. Jamoa 2018 va 2022 yillar JCh guruh bosqichidan uyga ravona bo‘ldi, 2021 yilda esa Angliyaga mag‘lub bo‘lib, Evrodagi yurishini to‘xtatgandi. Mana shu o‘yinlardagi jamoaning eng katta kamchiligi bu kerakli paytda hujumlarni yakunlay olmasligida edi. Bugun esa Niklas birinchi urinishidayoq buni uddalay oldi. U o‘yin davomida bir marotabagina zarba berishga muvaffaq bo‘ldi xolos. 

Germaniya bu turnirni nominal hujumchisiz boshladi. Kay Xaverts markazga o‘tkazilib, undan yashirin to‘qqizlik sifatida foydalanilmoqda. Bu o‘z navbatida katta o‘yinlarda jamoaga pand berib qo‘yishi ham mumkin. Aniqsa, birinchi gol o‘tkazib yuborilsa, javob qaytarish qiyin bo‘ladi. Shunday holatni biz "Real"ning "Bavariya"ga qarshi ikkinchi uchrashuvida ko‘rgandik. O‘shanda zaxiradan maydonga tushgan Xoselu hammasini hal qilib ketgandi.

Real Madrid 2-1 Bayern Munich (agg 4-3): Chaotic late Joselu brace sends  Real into Champions League final | Evening Standard

Germaniyaning Xoselusi bu Fyullkrugdir. Undan hech kim hech narsa kutmagan joyida gollar urib ketishini guruh o‘yinlarida ko‘rdik Endi pley-off bosqichida ham hujumchi katta sahnaga chiqishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!