
Germaniyani bu gal to‘xtata olishadimi?
Germaniya o‘yida o‘tgan Jaxon chempionati va Evro tunirlarida yarim finalgacha etib borgan.
Nemislar Germaniyada bo‘lib o‘tgan uchta yirik turnirning barchasida yarim finalgacha borgan. Jamoa 1974 yilgi Jaxon chempionatida kubokni qo‘lga kiritgan.
"Evro-1988" turnirida yarim finalga qadar yurish qilgan nemislar, 2006 yilgi mundialda bronza medallar bilan musobaqani yakunlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya mezbonlik qiluvchi "Evro-2024" turniri bugun start oladi. Birinchi baxsda mezbonlar Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 00:00da boshlanadi.
Fikrlar