Germaniyalik murabbiy “Spartak” O‘runovni nega o‘ynamaganini oshkor qildi

  • 11 sentabr, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iste’dodli futbolchimiz Oston O‘runov o‘tgan yilgi yozgi transferlar davrida “Ufa”dan “Spartak”ga transfer qilingan paytda Moskva klubini germaniyalik murabbiy Domeniko Tedesko boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarar edi.

Tecno

Bu mutaxassis o‘zbek futbolchisidagi iqtidorni etarli darajada payqay olmadi. Rossiya matbuoti orqali O‘runov juda iste’dodli ekanini va albatta, uning yoshligini inobatga olib, futbolchiga o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun etarli darajada vaqt va imkoniyat berishini ta’kidlagan bo‘lsa-da, amalda unday bo‘lmaydi. Tedesko Ostonni asosan uchrashuv oxirida bir necha daqiqaga maydonga tushirdi xolos.

a1de2d80211eaa673f95285d76a09_1

Natijada yosh futbolchi katta bosim ostida qoldi va bu transfer kutilgan natija bermadi. O‘runov bilan birga kelgan Aleksandr Kokorin transferini ham “Spartak”ga foyda keltirgani yo‘q.

“Spartak”da Domeniko Tedesko bilan birga ishlagan germaniyalik murabbiy Andreas Xinkel jurnalistlar bilan suhbatda O‘runov va Kokorin, Rossiya futbolidagi legionerlarga qo‘yilgan cheklovlar haqida gapirdi.

- Siz ishlagan davrda Aleksandr Kokorin va Oston O‘runov “Spartak”da o‘ynab keta olmadi. Shamil Gazizov ularni olib kelgani bekor bo‘lib chiqdimi?

- Ular olib kelingan paytda bizda jangovar jamoa shakllangan va raqobat o‘ta kuchli edi. Ular o‘z darajasini va salohiyatini namoyish qila oladimi yoki yo‘q, bu ularning o‘sha paytdagi sport formasiga bog‘liq edi. Qaysidir ma’noda, yigitlardan omad yuz o‘girdi. Kokorin o‘zini ko‘rsatadigan pallada jarohat ola boshladi. Biz uni shundoq jamoaga qo‘shib qo‘ya olmasdikyu Dastlabki haftalarda nechta uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lganiga e’tibor qarating.

Aleksandr Kokorin,  yuqori saviyali o‘yinchi ekaniga shubha yo‘q. Maydonda o‘zini ko‘rsatishga bor kuchi bilan harakat qilardi. Mashg‘ulotlarda borini berardi va Domeniko bilan unga hech qanday e’tirozimiz bo‘lmasdi.

Oston O‘runov – yosh iste’dod egasi. Lekin uning vaziyati biroz boshqacha edi. Jamoada legionerlar limiti chegaralanib qoldi. Oston ham jarohatlarga yo‘liqdi va tiklanishi uzoq davom etdi. O‘runov uchun har bir uchrashuvda asosiy tarkibda o‘ynash muhim emasdi, biz uni bosqichma-bosqich o‘yinga jalb qilishimiz mumkin edi. Lekin xorijliklarga qo‘yilgan cheklov tufayli biz O‘runovdan o‘z vaqtida foydalana olmadik va uning salohiyatini ochish qiyin bo‘ldi.

original

- Rossiyada legionerlarga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash tarafdorimisiz?

- Albatta! Bu futbolchilarni va ligani ruvojlantirish uchun zo‘r qaror bo‘lardi. Aslida men bu cheklovlar nega kerakligini tushunmayman. Tarbiyalanuvchilar uchunmi? Bu teskarisiga ishlay boshladi.

Men Evropa va Germaniya mutaxassislari bilan Rossiyadagi cheklov haqida gaplashdim. Hamma bu cheklov ish bermasligini va uni bekor qilish kerakligini gapiryapti. Rossiya iste’dodli yoshlarga boy, lekin limit ularning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lyapti. Hamma etakchi klublar bir o‘yinchi uchun posportga qarab kurash olib boradi va bu futbolchi eng yaxshi taklifni bergan jamoani tanlaydi. U erda raqobat bo‘lmaydi va u doimo asosiy tarkibda o‘ynaydi. Chunki unga xarajat qilishgani va u rus bo‘lgani uchun maydonga tushadi.

Shuning uchun ham mahalliy futbolchilar xorijga chiqmaydi, bo‘shashadi va katta pul olishga ko‘nikib qoladi. Bu yo‘l bilan rivojlanib bo‘lmaydi. Misollar juda ko‘p.

Cheklov bekor qilinsa, xorijliklar keladi va rossiyaliklar bilan raqobatlashadi. Raqobat oshsa, sifat ko‘tariladi. O‘yinchilar maydondagi joyi kafolatlanmaganini va unga mehnat bilan erishish kerakligini tushunib etadi. Shundan keyingina rus futbolchilari Evropa ligalariga o‘tishdan qo‘rmaydigan bo‘ladi. Ularning o‘rnini yoshlar egallaydi va vaqti kelib ular ham Evropaga intiladi.

HotqjsLDjdQ

Legionerlarga bo‘lgan cheklovni bekor qilish Rossiya futbolini rivojlantirishdagi yagona to‘g‘ri yo‘l.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!