Germaniya yarim asrlik antirekordini takrorladi
Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi 6 turida Ispaniya mehmoni bo‘lib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Birinchi bo‘limdan so‘ng "qizil furiya" "nemis mashinasi" darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi. Germaniya terma jamoasi o‘z tarixida so‘nggi bor 1958 yilda shunday natijani qayd etgan.
Millatlar ligasi A4 guruhida 6 turdan so‘ng Ispaniya terma jamoasi 11 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Germaniya esa 9 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.



Fikrlar