Germaniya kubogi. "Bavariya" Keynning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi
Germaniya kubogidan o‘rin olgan "Veen" - "Bavariya" o‘rtasidagi bellashuvda amaldagi Bundesliga g‘olibi zafar quchdi (3:2).
Dastlab to‘qnashuvning 16-daqiqasida Xarri Keyn hisobni ochdi. 51-daqiqada esa Maykl Olise oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi.
Ushbu ikki futbolchining goliga esa Fatix Kaya 64 hamda 70-daqiqalarda gollar urib, dublni rasmiylashtirgan holda, javob berdi. Biroq, uchrashuvning 90+4-daqiqasida Keyn ham dubl muallifi bo‘lib, jamoasining keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi.



Fikrlar