Germaniya chempionatida hali bunaqasi bo‘lmagan!

  • 15 may, 2023, 19:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Bavariya" Germaniya Bundesligasining 32-turida "Shalke"ga qarshi dahshatli o‘yin o‘tkazdi. Jamoa autsayder darvozasiga javobsiz oltita gol urdi. "Bavariya" joriy mavsumda beshinchi marta olti yoki undan ko‘p gol urdi. Germaniya chempionati tarixida bunday holat hali hech qachon bo‘lmagan.

Hammasi birinchi turda “Ayntraxt” ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlandi – 6:1, keyin uchinchi turdayoq “Bohum” darvozasiga javobsiz ettita gol kiritildi. "Maync" o‘n ikkinchi turda jiddiyroq qarshilik ko‘rsatdi - 6:2. Nihoyat, o‘n to‘rtinchi turda “Verder”ni mag‘lub etishdi – 6:1.

Ma’lumot uchun, Myunxen klubi ayni paytda Bundesliga turnir jadvalida 68 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!