
Germaniya Bundesligasi."Bavariya" kutilmaganda o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
Bundesliga 4-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Borussiya" Menxengladbax uchrashuvi yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Tyuram 43-daqiqada hisobni ochdi. 83-daqiqada esa Sane muvozanatni tikladi va bu gol o‘yinda oxirgisi bo‘lib qoldi.
Shu tariqa, myunxenliklar uch turdan so‘ng 10 ochko to‘plagan holda, Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Gladbaxliklar 8 ochko bilan 6-pog‘onadan o‘rin egallagan.
Fikrlar