
Germaniya - Vengriya: O‘yinning eng yaxshi futbolchisi aniq
"Evro-2024"ning ikkinchi turidan o‘rin olgan Germaniya - Vengriya uchrashuvida nemislar 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yinda Musiala va Gyundoganlar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Ilkay, deb topildi. Yarim himoyachi 84 daqiqada o‘ynab, bitta gol va bitta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, 2 ta xavfli vaziyat yaratdi.
Shu tariqa, Germaniya "A" guruhi peshqadamiga aylanib oldi.
Fikrlar