
Georgiy Sudakov "Benfika"ga o‘tdi
"Benfika" "Shaxtyor" yarim himoyachisi Georgiy Sudakov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 22 yoshli Ukraina terma jamoasi futbolchisi ijara asosida lissabonliklar safiga qo‘shildi, shartnomada majburiy sotib olish band ham bor.
Ijara uchun portugallar 6,75 million evro to‘laydi. Keyingi to‘liq transfer esa 20,25 million evro va qo‘shimcha 5 million bonus bilan baholangan.
"Shaxtyor" futbolchini keyinchalik sotishdan ham foyda oladi. Agar "Benfika" Sudakovni boshqa klubga sotsa, ukrainaliklar 25 foiz ulush oladi. Biroq, agar lissabonliklar yana 6 million evro qo‘shimcha to‘lashsa, bu ulush 15 foizga tushadi.
O‘tgan mavsum Ukraina chempionatida Sudakov 25 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol va 4 assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar