Gennadiy Golovkin World Boxing prezidenti etib saylandi
Bugun 56 mamlakat vakillari ishtirok etgan kongress davomida muhim masalalar muhokama qilinib, World Boxing ning rahbarlik lavozimlariga saylovlar o‘tkazildi.
Natijada Gennadiy Golovkinning nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, World Boxing 2023 yil aprel oyidan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro boks tashkiloti. Gennadiy Golovkin ilgari World Boxing olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.



Fikrlar