Gazizov O‘runovni o‘ynatmagan bosh murabbiyni ishdan olmoqchi bo‘lgan

  • 31 mart, 2021, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Shamil Gazizov “Spartak” bosh direktori bo‘lib ishlagan davrda jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoni ishdan olib, o‘rniga “Zenit”dagi mutaxassis Vilyam de Oliveyrani olib kelishga harakat qilgani fosh bo‘ldi.

Tecno

Shampionat.com saytining manbalari ma’lum qilishicha, Gazizovga klubga kelganida, Tedeskoni bo‘shatib, “Zenit”da Sergey Semakka yordam berayotgan Oliveyrani bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi bo‘lgandi. Gazizov u bilan “Ufa”da ishlagan. Oliveyraga taklif ham yuborilgan.

Yana bir insayder esa, bu ish Vilyam “Spartak”ni boshqarish taklifini qabul qilmagani uchun amalga oshmay qolgani haqida xabar bermoqda.

Ta’kidlash joizki, Domeniko Tedesko Shamil Gazizov klubga olib kelgan Oston O‘runovga o‘zini ko‘rsatishi uchun etarlicha o‘yin amaliyoti taqdim qilmagan.

Ayni paytda Gazizov "Ufa" bosh direktori hisoblanadi. Oston O‘runov esa ijara asosida ufaliklar tarkibida to‘p tepmoqda. 

“Spartak”ga alam qilsin! Gazizov O‘runovni nima qilmoqchi ekanini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998902610401
31/03/2021 21:54
Остон Ўрунов ишончни оқлагин сен камида Пол Погбани даражасига чиқасан биз бунга ишонамиз Навбахор мухлислари.