
G‘aybullaev diskvalifikatsiya qilindi, Cheran jarima to‘laydi - Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
Superliga
“Bunyodkor” — “Lokomotiv”
O‘zbekiston Superligasining 8-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Lokomotiv” uchrashuvining 90+7-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchisi Suhrob Sultonov to‘p uchun kurashish vaqtida qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisining bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Suhrob Sultonovga ("Lokomotiv") nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Lokomotiv” — “Surxon”
9-tur doirasidagi “Lokomotiv” — “Surxon” uchrashuvining 55-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Ulug‘bek Hoshimov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
O‘yinning 90+3-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchisi Abubakr Rizo Turdaliev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Hoshimovga ("Surxon") va Abubakr Rizo Turdalievga ("Lokomotiv") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Neftchi” — OKMK
Chempionatning 9-turi doirasidagi “Neftchi” — OKMK uchrashuvi 54-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Xurshid G‘iyosov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xurshid G‘iyosovga (OKMK) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jasur Jaloliddinovga ("Neftchi") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
90+10-daqiqada esa “Neftchi” futbolchisi Sanjar Qodirqulov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sanjar Qodirqulovga ("Neftchi") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Paxtakor” — “Qizilqum”
Superliganing 9-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvining 56-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi Sardor Sobirxo‘jaev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sardor Sobirxo‘jaevga ("Paxtakor") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
56-daqiqada “Paxtakor” futbolchisi Dragan Cheran bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Dragan Cheranga ("Paxtakor") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunlangandan so‘ng, “Paxtakor” klubi rasmiy shaxslari bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatishgan, bu esa tartibsizliklar olib kelgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Nasaf” — “Dinamo”
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Nasaf” — “Dinamo” uchrashuvining 12-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi G‘olib G‘aybullaev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, G‘olib G‘aybullaevga ("Nasaf") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Bunyodkor”
9-tur doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” uchrashuvining 70-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbolchisi Xondamir Mustafaqulov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xondamir Mustafaqulovga ("So‘g‘diyona") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Dinamo plyus” — “Qizilqum”
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shaxboz Nuritdinovga ("Sho‘rtan") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Mash’al” futbol klubi futbolchisi Shaxboz Jo‘raev uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda qo‘li bilan raqib o‘yinchisiga qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shaxboz Jo‘raevga ("Mash’al") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom choralari qo‘llanildi.
“Olimpik Mobi-Uz” — “Aral”
Proliganing 11-turi doirasidagi “Olimpik Mobi-Uz” — “Aral” uchrashuvining 90+4 daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Javohir O‘tamurodov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Javohir O‘tamurodovga ("Aral") nisbatan jarima intizom choralaci qo‘llanildi.
“Do‘stlik Toshkent” — “Sho‘rtan
Proliganing 10-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Sho‘rtan” uchrashuvi 56-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Asliddin Tursunpo‘latov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asliddin Tursunpo‘latovga ("Do‘stlik Toshkent") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Buxoro”
Proliganing 10-turi doirasidagi “Xorazm” — “Buxoro” uchrashuvining 77-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Abror Xusinov to‘psiz vaziyatda qo‘li bilan raqib o‘yinchisiga bel qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abror Xusinovga ("Xorazm") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
O‘yinning 90+5-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shirinboy Abdullaev vaqtni atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Shirinboy Abdullaevga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — “Aral”
Proliganing 10-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Aral" uchrashuvining 79-daqiqasida “Aral” bosh direktori Azamat Allaniyazov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Azamat Allaniyazovga ("Aral") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Uchrashuvning 79-daqiqasida “Aral” futbol klubi yordamchi murabbiyi Nigmatulla Kutiboev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Nigmatulla Kutiboevga ("Aral") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, “Aral” murabbiyi Aybek Nurbaev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Aybek Nurbaevga ("Aral") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, “Aral” futbol klubi tomonidan “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.22-bandini buzgan, yani uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan shaxs hamda zaxira futbolchilari texnik zonada maxsus ajratilgan joyda bo‘lishi shart deb belgilangan bo‘lsada, “Aral” futbol klubi matbuot kotibi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan lekin mazkur uchrashuvda kelmagan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Aral” futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Birinchi liga
“Bunyodkor farm” — “Tsementchi”
Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Tsementchi” uchrashuvining 55-daqiqasida “Bunyodkor farm” jamoasi futbolchisi Mirkamol Annamatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mirkamol Annamatovga (Bunyodkor farm) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom choralari qo‘llanildi.
“Zomin” — “Xorazm FA”
“Neftchi U21” — OKMK U21
9-tur doirasidagi “Neftchi U21” — OKMK U21uchrashuvining 32-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Eldor Begimov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Eldor Begimovga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21”
“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvi 56-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Abdushukur Maxamatov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abdushukur Maxamatovga ("Paxtakor U21") nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Elshod To‘xtaev bosh hakam shaniga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Elshod To‘xtaevga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom choralari qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona U21” — “Bunyodkor U21”
U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Bunyodkor U21” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng, “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Ollabergan Karimov qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisiga yuz qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ollabergan Karimovga (Bunyodkor U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, “So‘g‘diyona U21” futbolchisi Javlon Abduvaxobov raqib jamoa futbolchisi sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Javlon Abduvaxobovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
U19 chempionati
“Do‘stlik Toshkent U19” — “Qo‘qon-1912 U19”
U19 chempionatining 7-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent U19” — “Qo‘qon-1912 U19” uchrashuvi 90+3-daqiqasida “Qo‘qon-1912 U19” jamoasi futbolchisi Lazizxon Erkinov oyoq qismi bilan raqib o‘yinchisini orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Lazizxon Erkinovga ("Qo‘qon-1912 U19") nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom choralari qo‘llanildi.
Ayollar Oliy ligasi
“Neftchi W” — “Sevinch”
Ayollar Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Neftchi W” — “Sevinch” uchrashuvi 51-daqiqasida daqiqasida “Sevinch” jamoasi futbolchisi Mehribon Egamberdieva raqib o‘yinchisi tepgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Mehribon Egamberdievga (Sevinch) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish chorasi qo‘llanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo‘lishga chaqiramiz. Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!
Fikrlar