Gavining "Barsa"dagi eng yaqin do‘stini aytdi

  • 4 oktabr, 2023, 19:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Gavi jamoada qaysi futbolchini ko‘proq qadrlashini aytdi. Ispaniyalik yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Frenki de Yongni tanladi.

Tecno

"De Yongni juda hurmat qilaman. U jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan davrda men xafa bo‘ldim", - deya Gavining so‘zlarini keltiradi jurnalist Xuanxo Pallas Marti.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yozida niderlandiyalik futbolchi "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Rahbariyat yarim himoyachining katta maoshi tufayli undan qutulmoqchi edi. "Chelsi" va "Manchester Yunayted" 26 yoshli futbolchi uchun 90 million evro taklif qildi, ammo Frenki ketishdan bosh tortdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!