
Gavi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sahifalari xabar tarqatdi.
Futbolchi uchun joriy mavsum yakunlandi. Uning jarohatidan tiklanishiga 8-9 oy kerak bo‘ladi. Gavi Ispaniya terma jamoasi tarkibida EVRO-2024 saralash bosqichi doirasidagi Gruziyaga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olib maydonni ko‘zda yosh bilan tark etgandi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli havbek ushbu mavsum barcha turnirlarni hisoblagand 15 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.
Fikrlar