Gattuzo "Napoli"ni kuchaytiradigan futbolchini kutyapti

  • 19 noyabr, 2020, 12:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning kuchli klublaridan hisoblangan “Napoli” qishki transferlar vaqtida yangi futbolchilarni olishga qaror qildi.

Tecno

Birinchi navbatda, neapolliklar “Chelsi” himoyachisi Emersonni olishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik futbolchini olishni bosh murabbiy Jennaro Gattuzo talab qilyapti. Tomonlar bu transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi.

“Chelsi” rahbariyati Emersonni qishda ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan. Shu bois, “Napoli” maqsadiga etishi uchun jiddiy to‘siq yo‘q.

Londonliklar yangi mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushmagan Emersonni 18 million evroga baholamoqda. Biroq, kelishuvlar samarali kechsa, bu summa pasaytirilishi mumkin.

Sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, Germaniyaga yangi bosh murabbiy topildi

Messi Argentina tarixiga kirdi

Angliyaning vunderkind yarim yilda yurtiga qaytadigan bo‘lyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!