
Gasperini – "Atalanta"ning ChLga chiqishi haqida: "Bu – fantastik yutuq"
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini A Seriya 36-turidan o‘rin olgan "Roma"ga qarshi o‘yin (2:1) va jamoasining Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olganini quyidagicha izohladi:
– Bu "Atalanta" uchun fantastik yutuq. Bir necha hafta davomida biz "Napoli" va "Inter" bilan birga yuqori pog‘onalarda turdik. Lekin ochig‘ini aytsam, uchinchi o‘rin – erishishimiz mumkin bo‘lgan eng yuqori natija edi.
Eng asosiysi – biz buni chempionat tugashiga ikki tur qolganida uddaladik. "Yuventus", "Milan", "Latsio", "Roma", "Fiorentina" va "Bolonya" kabi grandlarni ortda qoldirdik, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi bergamoliklar mutaxassisi.
Fikrlar