Garvard universitetini rad etgan futbolchi hikoyasi

  • 28 fevral, 2021, 12:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2018 yil 22 noyabr. «Lids» klubi mashg‘ulot bazasi.  Yaqindagina «Midslbro»dan yozda sotib olingan Patrik Bemford 12 hafta deganda ilk bor to‘p bilan munosabatda bo‘ldi. U safdan chiqqan bo‘lsa-da, to‘pga zarba yo‘llashni unutib qo‘ymagan edi. Jamoadoshi tomonidan uzatilgan to‘pga to‘xtatmay darvozaga yo‘lladi va «tovuslar» ustozini hayratda qoldirdi. Shogirdining texnikasidan zavqlangan Marselo Belsa uni tabriklashga oshiqdi…

Tecno

Bemford bosib o‘tgan uzoq yo‘l «Nottingem» klubidan boshlandi. Qahramonimiz ushbu klub safiga 8 yoshida kelib qo‘shildi. U futbol bilan birgalikda, shaxsiy maktabda o‘qishni boshladi. Atrofdagilar bundan sira ajablanmadi. Sababi, uning yaqin qarindoshi – Jozef Siril Bemford JBS kompaniyasi egasi edi.

«Men erishga yutuqlarning barchasini JBC bilan bog‘liq, deb o‘ylashadi. Aslida bu bo‘lmagan gap. Dadam o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishdan avval, uzoq vaqt arxitektor bo‘lib mehnat qilgan. Onam go‘zallik salonida ishlagan.»

Bemfordni ota-onasi yaxshi tarbiya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi. Futbol bilan shug‘ullanishdan tashqari, Patrik bir nechta musiqa asboblarida kuy chalishni o‘zlashtiradi. Shuningdek, nemis, ispan, frantsuz tillarida so‘zlashishni o‘rgandi. Bunday yutuqlarga erishishida futbolning tutgan o‘rni beqiyos. Sababi, Bemfordlar uy vazifalari o‘z vaqtida qilinmasa, bo‘lajak futbolchini mashg‘ulotga jo‘natmas edi.

Qahramonimiz 16 yoshga to‘lganida, imtihonlarni a’lo darajada topshirdi va Amerikaning Garvard universitetidan taklif oldi. Boz ustiga, okean ortida unga yaxshigina stipendiya ham berilishi ma’lum bo‘ldi. Ajoyib imkoniyat tug‘ilganiga qaramay, Patrik futbolni birinchi planga olib chiqdi.

rkelrklelщr

Barchasi yaxshi boshlandi. «Nottingem» safidagi ikkita o‘yindan so‘ng, uni «Chelsi» o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘sha davrlarda London klubi o‘z yosh futbolchilarini ijara asosida turli jamoalarga yuborishni yo‘lga qo‘ygan edi. Bemfordni «MK Dons»ga yo‘l olgani hayron qoldirmadi. Ikki yil davomida 3-ligada harakat qilgan hujumchi o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Keyin «Chempionship» a’zolari safida to‘p surdi. Avvaliga «Derbi», ko‘p o‘tmay «Midslbro».

Futbolchi ijaralar seriyasi cho‘zilib ketganini sezdi va 2014/15 yilda «bomba» mavsum o‘tkazdi. Yil yakunida uni «Chempionship»ning eng yaxshi futbolchisi, deb e’lon qilishdi. Barcha Patrikni «aristokratlar» ortga qaytarishini taxmin qilgan edi, ammo yana ijara! Bu safar APLda to‘p suruvchi «Kristal Pelas» Bemfordni bir mavsumga qabul qildi. Keyin «Norvich», «Bernli» va yana «Midlsbro». So‘nggi 4 yil ichida atigi bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi tushkunlikka tushib qoldi. Hatto, butsalarini mixga ilib yubormoqchi ham bo‘ldi. Patrik quyi divizionlarda yaxshi to‘p suruvchi o‘rtamiyona futbolchiga aylanib qoldi…

rlщkeщrklщrl

Hozir u Angliya chempionatidagi eng kuchli markaziy hujumchilardan biri. Patrikning o‘yin uslubini Rud Van Nistelroynikiga o‘xshab ketadi. Futbolchi «Lids»ga o‘tganida, ko‘pchilik uning imkoniyatlariga past baho berdi.

«Yodimda bor, jamoaga endi kelgan paytlarim muxlislar zaxira o‘rindig‘ida qolishimni istashar edi. Menga hech kim ishonmagan.»

Qaysidir ma’noda, «Lids» muxlislarini tushunish mumkin. Bemford «tovuslar» safida 16 ta gol urdi, ammo bundan bir necha barobar ko‘proq vaziyatlarni ko‘kka sovurdi. Shu bois, uni fanatlar omadsiz, deb atay boshladi.

«To‘g‘risi, klub muxlislari meni tinimsiz tanqid qilayotganini his etib to‘p surish juda ham mushkul. Ba’zan, mashg‘ulotlardan uyga kelib, shu haqida o‘ylab qolaman. Buni engib o‘tish uchun insondan kuchli iroda talab etiladi.»

lkerlkщelrщklerk

Muxlislardan farqli o‘laroq, argentinalik mutaxassis Bemfordni ko‘proq maydonga tushirishni boshladi. Belsa o‘z jamoasida 9-raqamdagi futbolchi aynan Patrik bo‘lishi lozimligini aniq qilib belgilab oldi. Murabbiyning o‘yin uslubiga ko‘ra, markaziy forvard ham jamoaviy pressingda ishtirok etishi, bo‘sh zonalar yaratishda va qarshi hujumlarda faol bo‘lishi shart. Kiritilgan gollar kerak, ammo jamoaviy o‘yinda unda muhimroq.

«Hozir butun jamoa bo‘lib harakat qilyapmiz. Bizning o‘yin uslubimiz raqibni jarima maydonchamizga yaqinlashtirmay turib to‘pni olib o‘yishga ixtisoslashgan. Buni amalga oshirish uchun 90 daqiqa davomida pressing qilishimga to‘g‘ri keladi. To‘g‘risi, borgan sari o‘zimning jismoniy imkoniyatlarim yaxshilanayotganini sezyapman.»

rkelrщkelrщ

Bemford barcha talablarga moslashdi va faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Hozirda gol+pas tizimida qahramonimiz Muhammad Saloh, Brunu Fernandesh, Xarri Keyn singari megayulduzlar bilan bir qatorda tilga olinmoqda. Endilikda u Angliya terma jamoasida to‘p surishni orzu qilmoqda. Balki, garvarddan voz kechgani bejiz emasdir?!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!