
Garsiya: "Dunyodagi eng yaxshi klub uchun har qanday raqam ostida o‘ynashga tayyorman"
"Real Madrid" forvardi Gonsalo Garsiya jamoadagi raqam tanlovi haqida fikr bildirdi.
"Mening agentim mavjud variantlar haqida ma’lumot berdi, lekin men uchun asosiy maqsad – birinchi jamoa bilan shartnoma tuzish edi. Raqam esa ikkinchi darajali. Asosiysi – dunyodagi eng yaxshi klub uchun o‘ynash, qaysi raqamda bo‘lishidan qat’i nazar", – deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi "Diario AS" nashri.
Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hali hech qanday gol yoki assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olmadi
Futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2030 yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari ispaniyalik hujumchining bozor qiymatini 8 million evroga baholagan.
Fikrlar