Garri Sautgeyt Sulsherning gapiga quloq solish niyatida emas

  • 16 yanvar, 2020, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvudni Evropa chempionatiga olib ketish haqida o‘ylamoqda.

Tecno

Oldinroq, MYu ustozi Ule-Gunnar Sulsher Grinvudni milliy terma jamoaga chaqirishga erta ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Biroq Xarri Keynning jarohatidan so‘ng Sautgeyt Grinvud nomzodiga murojaat qilishi mumkin.

Joriy mavsumda 18 yoshli forvard barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol kiritishni uddaladi.

Meyson Grinvud "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, o‘tgan mavsumda MYuning asosiy jamoasida debyut qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!