
G‘aroyib rekord
“Bavariya” Bundesliganing so‘nggi uchrashuvidagina chempionlik unvonini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu galgi chempionlik jamoa yulduzi Tomas Myuller nomini futbol tarixiga muhrladi.
Squawka portali mutaxassislari ta’kidlashicha, Myuller 12-marotaba Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi va bu natijaga erishgan Germaniyadagi yagona futbolchiga aylandi.
Tomas Myullerning jamoadoshi Kingsli Komanning ko‘rsatkichlari ham muxlisu mutaxassislar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Frantsiyalik futbolchi professional faoliyatini boshlaganidan beri har yili chempion bo‘ladi. U qatorasiga o‘ninchi marotaba chempionat oltin medalini qo‘lga kiritmoqda.
Fikrlar