Garnachoning transferi "Barselona" futbolchisi tufayli bekor bo‘lishi mumkin

  • 26 avgust, 23:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alexandro Garnachoning transferi yana xavf ostida qolmoqda. Bu safar "Chelsi" tufayli.

Tecno

"The Athletic" ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi asosiy maqsadni o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

Endi londonliklar "Barselona" futbolchisi Fermin Lopesni o‘z saflariga qo‘shib olmoqchi. Biroq, muzokaralar hali boshlanmagani sababli, kataloniyaliklarning munosabati noma’lum. Angliya klubi allaqachon futbolchining vakili bilan aloqaga chiqqan.

22 yoshli Lopes transferga rozi bo‘lishi mumkin, sababi u "Barselona"da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Agar Fermin va "Barsa" bilan muzokaralar cho‘zilib ketsa, "Chelsi" transfer oynasi yopilishiga qadar Garnachoni o‘z safiga qo‘shib olishga ulgurmay qolishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!