Gari Nevill va Jeymi Karrager APLning so‘nggi 10 yillikdagi ramziy terma jamoalarini tuzishdi (FOTO)

  • 27 noyabr, 2019, 01:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachilari Gari Nevill va Jeymi Karrager APLning so‘nggi 10 yillikdagi o‘zlarining ramziy terma jamoalarini tuzishdi.

Tecno

Nevill va Karrager o‘zlarining ramziy terma jamoalariga 9 ta bir xil futbolchini kiritishdi.

Darvozabon: David De Xea ("Manchester Yunayted").

Himoyachilar: Pablo Sabaleta ("Vest Xem" va "Man Siti"ning sobiq futbolchisi), Vensan Kompani ( "Man Siti"ning sobiq futbolchisi), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Sesar Aspilikueta ("Chelsi").

Yarim himoyachilar: Yaya Ture ("Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi), David Silva ("Manchester Siti").

Hujumchi: Serxio Aguero ("Manchester Siti").

Shu qatorda ikkita ekspert o‘zlarining jamoalariga "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Eden Azarni ham kiritishdi. Faqat farq shundaki, Nevill Azarni yarim himoyaga joylashtirdi, Karrager esa hujumga.

Bo‘sh qolgan yana 2 ta joyga Nevill "Liverpul"ning sobiq a’zosi Luis Suares va Xarri Keyn ("Tottenxem") ni joylashitrgan bo‘lsa, Karrager Ngolo Kante ("Chelsi" va "Lester"ning sobiq a’zosi) va Garet Beyl ("Tottenxem") ni qo‘ydi.

rueae9c1b523c

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!