
Gari Nevill: “Dembele yosh bolalardek o‘ynadi”
Argentina finalda Frantsiyani mag‘lub qilib, Jahon chempioniga aylandi. Birinchi gol Leo Messi tomonidan kiritildi.
Futbolchi penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘sha vaziyatda Usmon Dembele di Mariyaga nisbatan fol ishlatgandi. Gari Nevill esa holatga reaktsiya bildirdi.
“Bu achinarli. Men Dembeleni bilaman, lekin uning qo‘pol xatosi... Di Mariya nima qilmoqchi ekanligini bilasiz. U buni 10 yildan beri qilayapti. Usmon xuddi yosh bolalardek o‘ynadi”, - dedi “Manchester Yunayted” afsonasi.
Desham 41-daqiqada “Barselona” vingerini o‘yindan olib, uning o‘rniga Kolo-Muanini maydonga tushirdi. 24 yoshli futbolchi Frantsiyaga bitta penalti ishlab berdi.
Fikrlar