
Garet Sautgeyt Britaniya imperiyasi ordeni bilan mukofotlandi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o‘tgan yil Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan JCh-2018da terma jamoaning muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Britaniya imperiyasining ordeni bilan mukofotlandi.
Tantanali marosim kecha Londondagi mashhur Bukingem saroyida o‘tkazildi. Sautgeytga ushbu ordenni Uels shahzodasi topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi JCh-2018da yarim finalga qadar etib borgan edi.
Fikrlar