
Garet Beyl: Men yaxshi formadaman
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl o‘zining holati va mavsum startidagi o‘yinlari haqida gapirdi.
"Har bir futbolchi o‘zining yaxshi o‘yini va urgan gollari orqali ishonchga ega bo‘ladi. Ideal holatda jamoaga yordam berishda va gollar urishda davom etishni xohlayman. Yozda mening sport formam yaxshi holatda emas edi.
O‘ylaymanki, agar sport formangiz yaxshi holatda bo‘lmasa, xohlagan narsangizni qila olmaysiz va ko‘nglingiz to‘lmaydi. Bu pastga qarab tashlanayotgan qadam bo‘ladi.
Ammo bu o‘yinlar o‘tib ketdi, men yaxshi formadaman va butunlay tayyorman. Oldinda bir qator uchrashuvlar bor. Endi har bir o‘yinda maydonga ishonch bilan kiraman. Bu menga gol urishimga va o‘zim xohlagan narsani bajarishga yordam beradi," - dedi Beyl.
Fikrlar