
Garet Beyl faoliyati yakunlagani haqida fikr bildirdi
Uel terma jamoasi sardori Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lumot tarqatdi.
"Ehtiyotkorlik bilan puxta o‘ylab ko‘rganimdan so‘ng klub hamda xalqaro futboldagi faoliyatimni tugatganimni e’lon qilmoqchiman",-deya u o‘z bayonotini boshladi.
O‘z postida Garet orzulari ro‘yobga chiqqanini va professional darajada 17 ta mavsum o‘tkazganidan xursand ekanligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Beyl o‘z faoliyati bilan faxrlanadi. U faoliyati mobaynida o‘ynagan klublari - "Sautgempton", "Tottenxem", "Real" hamda "Los-Anjeles"ga, shuningdek, oilasi, do‘stlari va futbolda yo‘llari kesishgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
"Hayotimning keyingi sahifasiga o‘tayotganimdan mamnunman. Nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi va men yangi sarguzashtga tayyorman",-dedi Garet.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli hujumchi faoliyati davomida 665 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 226 gol va 159 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar