"Gannover"ning yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib oldi

  • 12 mart, 2020, 21:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Gannover" himoyachisi Yannes Xorn koronavirus kasalligiga chalindi.

Tecno

Kuni kecha, jamoaning yana bir himoyachisi Timo Xyubers kasallikka duchor bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Jamoaning qolgan a’zolarida koronavirus alomatlari uchramadi. Klub futbolchilari, murabbiylari va shifokorlari 14 kunlik uy karantiniga olindi.

"Gannover" saytining xabar berishicha, Xorn va Xyubersning kasalligi o‘zaro bog‘liq emas.

Karantin tufayli jamoaning chempionat dorasidan o‘rin olgan "Dinamo Drezden" va "Osnabryuk" klublariga qarshi o‘yinlari qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!