
G‘aniev va Masharipov o‘ynaydigan "Shabab Al-Ahli"ning "Al-Vahda"ga qarshi tarkibi (Foto)
Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionida 16-turida hamyurtlarimiz Azizjon G‘aniev va Jaloliddin Masharipov to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" o‘z maydonida "Al-Vahda"ni qabul qiladi.
Turning markaziy qarama-qarshiliklaridan biri sanalgan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi.
Ayni paytda dubayliklarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum. Masharipov va G‘aniev asosiy tarkibdan o‘rin oldi.
15-tur yakunlariga ko‘ra, Dubay klubi 25 ochko to‘plagan holda, 5-pog‘onada bormoqda. "Al-Vahda" esa, 23 ochkosi bilan 7-o‘ringa joylashgan.
Fikrlar