Ganalik futbolchini APL chempioni sotib olmoqchi

  • 14 noyabr, 19:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Bornmunt" jamoasi safida sermahsul o‘yin ko‘rsatyotgan Antuan Semeno bilan shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

"TEAMtalk" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "mersisaydliklar" ganalik hujumchi uchun 70 million evrodan voz kechishga tayyor. Bundan tashqari, futbolchiga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

25 yoshlik futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 55 million evroni tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, Bu mavsum Antuan "Bornmunt" safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Semeno 2018 yildan beri APLda o‘ynab keladi. U "Bristol Siti" va "Sanderlend" jamoalarida ham to‘p tepgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!