
Gamper kubogi. "Barselona" "Komo"ni yanchib tashladi. Lopez va Yamal dubl muallifi bo‘ldi
Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" Gamper kubogida "Komo" bilan to‘qnash kelib, o‘ta yirik 5:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Bellashuvda 2 futbolchi - Fermin Lopes va Lamin Yamal dublni rasmiylashtirdi. Rafinya esa 1 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fermin jamoaning ilk ikki golini 21 va 35-daqiqalarda kiritgan bo‘lsa, Yamal 42 va 49-daqiqalarda ikki gol urib, o‘yin taqdirini hal qildi. Braziliyalik yulduz futbolchi esa o‘z golini 38-daqiqada kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" La Ligadagi ilk o‘yinini 16 avgust kuni "Malorka"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar