Galte PSJning o‘yinida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan futbolchi haqida gapirdi

  • 17 yanvar, 2023, 12:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte yarim himoyachi Marko Verratti haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mutaxassisning fikricha, parijliklar o‘yinida yarim himoyachi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Tecno

"Marko yillar davomida asosiy o‘yinchi bo‘lib kelgan. Uning mavjudligi bizga turli xil tarkiblar bilan o‘ynash imkonini beradi, chunki u ajoyib fazilatlarga ega. Uning yarim himoya va hujumni bog‘lash qobiliyati juda muhim", - dedi parijliklar ustozi matbuot anjumanida.

Verratti PSJda 2012 yildan beri to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda u klub safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!