Galiulinning jamoasi premer-ligaga chiqdi

  • 12 may, 2019, 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vagiz Galiulin Rossiya birinchi divizionida (FNL) ishtirok etayotgan Tambov shahrining “Tambov” klubi sharafini himoya qilayotganidan futbol ishqibozlarining xabari bo‘lsa kerak.

Tecno

Quvonarlisi, legionerimiz to‘p surayotgan jamoa chempionat yakunlanishiga 2ta tur qolganda Rossiya premer-ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Tambovliklar ayni damda FNLda 36 turdan so‘ng 67 ochko jamg‘argan holda “Sochi” klubi bilan qo‘shpeshqadamlik qilishmoqda. Uchinchi o‘rinda borayotgan “Tom” hisobida esa 60 ochko mavjud.

Ma’lumot uchun, FNLda jami 20ta jamoa ishtirok etadi. Mavsumda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri RPLga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 3- va 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar esa o‘tish o‘yinida ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!