Galiulin yana maydonga tushmadi, uning jamoasi esa ketma-ket oltinchi mag‘lubiyatga uchradi

  • 29 noyabr, 2020, 21:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Milliy futbol ligasining 25-turi yana “Nefteximik” uchun omadsiz kechdi. Oldin xabar qilganimizdek, Yuriy Utkulbaev bosh murabbiyligidagi “Nefteximik” safarda autsayderlardan biri – “Chertanovo” jamoasi bilan bellashdi.

Tecno

Artyom Sokolovning 89-daqiqada kiritgan yagona goli tufayli “Nefteximik” mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, bu klub ketma-ket oltinchi o‘yinda imkoniyatni boy berdi.

O‘tgan turda hamyurtimiz Vagiz Galiulin sariq kartochkalari to‘rttaga etgani sababli maydonga tusha olmagandi. Bu safar esa jarohat olgani bois “Nefteximik”ka yordam bera olmadi. Bobur Davlatov esa odatdagidek zaxiradan maydonga tushirildi.

Shuni ham aytish joizki, 60-daqiqada Kaykov ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi va “Nefteximik” bir futboli kam bo‘lib qoldi. Bu esa yakuniy natijaga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi.

Endi 5 dekabr kuni 26-tur doirasida “Nefteximik” o‘z uyida Vitaliy Denisov to‘p surayotgan “Tom” klubini qabul qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!