G‘alati tanlov: “Manchester Yunayted” atigi bitta gol urgan hujumchini olyapti

  • 2 fevral, 12:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi o‘yinchi olishga qaror qilgan. Manchesterliklar bu pozitsiyaga “Aston Villa” vakili Leon Beylini mo‘ljallayapti.

Tecno

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, klub 27 yoshli qanot hujumchisi tezroq qo‘lga kiritishga urinyapti.

Biroq qizig‘i shundaki, joriy mavsum Leon Beylining samaradorligi tushib ketgan. Yamaykalik hujumchi barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushib, atigi bitta to‘p kiritgan xolos.

Uning “Aston Villa” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlari Beylini 38 million evroga baholmoqda.

Har ikki qanotda o‘ynay oladigan hujumchi professional faoliyati davomida Belgiyaning “Genk”, Germaniyaning “Bayer” klublari ham to‘p tepgan. “Aston Villa”  uni 2021 yilning yozida 32 million evro evaziga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!