G‘alati taklif: “Real” Modrichga ikki haftalik shartnoma berdi

  • 3 may, 10:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati 30 iyun kuni klub bilan hamkorlik shartnomasi tugaydigan ikki nafar tajribali futbolchi – Luka Modrich va Lukas Vaskes bo‘yicha g‘alati qarorga keldi.

Tecno

AS nashrining yozishicha, xorvatiyalik pleymeyker ham, ispaniyalik himoyachi ham klub tomonidan  ikki hafta davom etadigan yangi bitim oldi.

“Qirollik klubi” tajribali o‘yinchilaridan faqat klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davomida foydalanmoqchi. Yangi formatdagi musobaqa tashkilotchisi FIFA ishtirokchi klublarga shartnomasi tugayotgan o‘yinchilari bilan qisqa muddatli yangi kelishuv tuzishni tavsiya qilgan.

“Real” mutasaddilari joriy chempionatdan keyin Lukas Vaskes bilan xayrlashish masalasida bir qarorga kelib bo‘lgan. Klub “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrichni yana bir yilga Madridda olib qolishi mumkin. Buning uchun xorvatiyalik 39 yoshli futbolchi maoshining keskin pasayishi va ikkinchi darajali rolga o‘tishiga rozilik berishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!