"Galatasaroy" murabbiyiga tashlangan Maurino jazolandi

  • 5 aprel, 17:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino "Galatasaray"ga qarshi kubok uchrashuvidan keyin qilgan harakati uchun jazoga tortildi. Portugaliyalik mutaxassis “sherlar” ustozi Okan Burukning burnidan ushlab tortgan edi.

Tecno

Jurnalist Yagiz Sabunchuog‘luning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, Mourinoga uchta o‘yinga diskvalifikatsiya jazosi berildi. Burukning harakatlari va bayonotlari esa provokatsion deb baholangan, shu sababli jazo nisbatan engil bo‘ldi.

Ayni damda "Fenerbaxche" Turkiya chempionatining turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Mourinoning jamoasi bir o‘yin kam o‘tkazgan holda, "Galatasaray"dan olti ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!