G‘ALABA! O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasi chempioni
Hindistonning Chennay shahrida 44-shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
Maks Uormerdamga qarshi dona surgan Jahongir Vohidov g‘alaba bilan muxlislarimizni xursand qildi. Bungacha vakillarimiz 3 ta durang qayd etgandi.
Shu tariqa, vakillarimiz o‘z tarixida ilk bor shaxmat Olimpiadasida bosh sovrin egasiga aylandi!
E’tirof etish joiz, vakillarimiz o‘tkazilgan 10 uchrashuvning birortasida mag‘lubiyat nimaligini bilmadi, jahonning ko‘zga ko‘ringan jamoalari - AQSh, Hindiston kabilar bilan tengma-teng bahs olib bordi. Ushbu ajoyib g‘alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaymiz!



Fikrlar