"G‘alaba bizni Superligaga yanada yaqinlashtirdi". Asror Aliqulov va uning jamoasi elitaga qaytyapti

  • 24 oktabr, 2024, 11:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 24-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z maydonida “Olimpik Mobiuz”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Ayni paytda Asror Aliqulov boshchilik qilayotgan “Mash’al” turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Ochkolarini 49 taga etkazib oldi. 45 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan “Buxoro” o‘z o‘yinini bugun Urganchda “Xorazm”ga qarshi o‘tkazadi.

Superligaga tobora yaqinlashib borayotgan “Mash’al” yana bitta o‘yinda yutsa masalani hal qiladi. Bosh murabbiy Asror Aliqulov esa “Olimpik Mobiuz”ga qarshi uchrashuvdan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin boshlanishida bahsga juda sekin kirishdik. “Olimpik Mobiuz” tezkor jamoa. Maydonda bo‘shliq, vaqt bermaydi, bosh ko‘targani. Pressinglar orqali o‘ynaydi va qarshi hujumga zo‘r chiqib ketadi. Ularni to‘p bilan muomalasi, futbolchilarini bir-birini yaxshi tushunishi kabi usullari bilan pro ligadagi har bir jamoaga bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin, qachonki ularga erkinlikka yo‘l qo‘ysangiz. “Olimpik Mobiuz” bizni jazolashi mumkin edi. Bu jamoa bilan anchadan beri o‘ynaymiz. Katta tezlik bilan o‘ynaydi, bosim uyushtiradi. Baribir o‘yinchilarda charchoq paydo bo‘ladi. Oldingi uchrashuvda biz shundan foydalangandik. Bu safar ham hujumlarimizning aksariyatini qanotlardan uyushtirdik. O‘ylaymanki, bugungi g‘alaba bizni Superligaga yanada yaqinlashtiryapti. Futbolchilardan yaxshi o‘yin va keyingi o‘yinlarda barchasini hal qilishni xohlayapmiz. 

- “Mash’al”ni gol o‘tkazishiga ruhiy jihatdan yigitlar o‘zlarini kuchliroq his qilishlari sabab bo‘ldimi?

- O‘zimiz hujum boshlashda xatolikka yo‘l qo‘ydik. Goldan keyin o‘zimizni yig‘a oldik, deyishim qiyinroq. Chunki raqib yana bosim uyushtirishga harakat qildi. Hujumga o‘tishga harakat qildik. Bir-ikkita epizodlarda yaxshi hujumlar uyushtirdik. Ulardan birini golga aylantirdik. Ikkinchi bo‘limda tajovuzkorlik va tezlik qo‘shdik. Biz bo‘shlikdan foydalana oldik. Hujumdagi tezlik va standart vaziyatdan foydalana oldik. Bu “Mash’al” muxlislarini hamda barcha rahbariyatni g‘alaba bilan tabriklayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!