G‘alaba bilan boshladik

CHERY AUTO

Bolgariyaning Plovdiv shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi davom etmoqda.

Tecno

Dunyoning 39 davlatidan kelgan 400 dan ortiq qilichbozlar ishtirok etayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dastlabki bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Xususan, ayollar o‘rtasidagi saralash bahslarida Fernanda Errera 1/32 final bosqichiga yo‘l olgan bo‘lsa, musobaqaning saralangan 16 sportchisidan biri Zaynab Dayibekova ushbu bosqichdan medallar uchun kurashga qo‘shiladigan bo‘ldi. Pley-off bahslari 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 

Shuningdek, bugun kun davomida Musa Aymuratov, Islambek Abdazov va Zuhriddin Qodirov kabi qilichbozlarimiz saralash bahslarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!